O'zbekiston milliy mahsulotlari Xitoy investitsiya va savdo yarmarkasida namoyish etildi
Iyul 14, 2025. 11:11 • 2 daq
• 103
LANCHJOU, 14-iyul. /"Dunyo" AA/. Gansu provinsiyasi Lanchjou shahrida bo'lib o'tgan 31-Xitoy investitsiya va savdo yarmarkasida O'zbekiston milliy mahsulotlari namoyish etildi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA xabar bermoqda.

Yarmarkada 50 ta davlatdan va Xitoyning 28 ta provinsiyasidan biznes uyushmalari va xalqaro tashkilotlar hamda 4000 dan ortiq korxona va 40 000 dan ortiq mehmonlar ishtirok etdi.
Mamlakatimiz pavilyonidan eksport va sayyohlik salohiyatini aks ettiruvchi hunarmandchilik, yog'och o'ymakorligi, ipak va kulolchilik, gilam, to'qimachilik, shuningdek, xalq amaliy san'ati namunalari o'rin oldi.
"O'zbek gilamdo'zlik maktabi o'ziga xos va qadimiy tarixga ega. Menga ushbu ko'rgazmada ko'rgan Rishton kulolchilik buyumlari ham juda yoqdi. Gansu bozorida bu idishlarni sotib olish va sotishga qiziqish bor, – dedi yarmarka ishtirokchilaridan biri Yang Lin.
Shuningdek, mehmonlar o'rtasida O'zbekistonning eksport va sayyohlik imkoniyatlari haqida ma'lumot beruvchi xitoy tilidagi materiallar tarqatildi, mamlakatimizning qadimiy shaharlari va madaniyatiga bag'ishlangan videoroliklar namoyish etildi.
O'zbekistonning ushbu yarmarkada ishtiroki Xitoy bozoriga mamlakatimiz hunarmandlari mahsulotlarini eksport qilishni kengaytirishda muhim omil bo'lyapti. E'tiborlisi, ko'plab xorijiy importyorlar va ishbilarmonlar O'zbekiston tomoni bilan hamkorlikka qiziqish bildirdi.
Ta'kidlash joizki, Xitoyning turli hududlarida mamlakatimizning boy tarixi va madaniyati haqidagi taqdimotlar, eksport mahsulotlari namoyish etilayotgani O'zbekiston tovarlari Xitoy bozoriga kirib borishi va mahalliy iste'molchilarning qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Kuvayt bozorlariga o‘zbek mahsulotlari eksporti oshiriladi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi