O'zbekistonning Janubiy Koreyadagi birinchi Savdo uyi ro'yxatdan o'tkazildi
Aprel 04, 2024. 13:17 • 51 soniya
• 539
SEUL, 4-aprel. /"Dunyo" AA/. Xorijiy mamlakatlarda "Made in Uzbekistan" belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti hajmini oshirish maqsadida O'zbekistonning Janubiy Koreyadagi birinchi Savdo uyi ro'yxatdan o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur Savdo uyi huzurida ko'rgazma zali sifatida doimiy faoliyat yurituvchi "shou-rum" ochish ham rejalashtirilgan. Unda mahalliy ishlab chiqaruvchilarining turli tovarlarining keng assortimenti – oziq-ovqat, meva-sabzavot, to'qimachilik-tekstil, ipak, kimyo, kulolchilik mahsulotlari hamda zargarlik buyumlari namoyish etiladi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish hamda faollashtirishga ko'maklashish, yurtimizning eksport salohiyati va imkoniyatlarini qo'llab quvvatlash, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan, yuqori qo'shilgan qiymatga ega mahsulotlarni Janubiy Koreya bozorida targ'ib qilish va ilgari surish hamda reklama kompaniyalarini tashkil etish Savdo uyining asosiy vazifalari qatoriga kiradi. Shuningdek, mahalliy mahsulotlarimizni Janubiy Koreya bozoriga eksport qilish, bozor imkoniyatlarini o'rgangan holda eksport hajmi va doirasini kengaytirib borish, ushbu davlatda o'tkaziladigan turli ko'rgazmalarda o'z mahsulotlari bilan ishtirok etish istagida bo'lgan tadbirkorlarga ko'mak ko'rsatish nazarda tutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi