Logo

O'zbekistonda transport nazorati inspeksiyasi tashkil etiladi

Dekabr 22, 2023. 08:28 • 2 daq

450
O'zbekistonda transport nazorati inspeksiyasi tashkil etiladi

TOSHKЕNT, 22-dekabr. /«Dunyo» AA/. Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.



Hujjat bilan O'zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

U quyidagilarni belgilaydi:

- Inspeksiyaning maqomi va faoliyatini tashkil etish asoslari;

- vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda uning xodimlarining javobgarligi;

- transport sohasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Shuningdek, Harakatdagi temir yo'l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglament harakatdagi temir yo'l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazishning talablari hamda davlat xizmatini ko'rsatish tartibi, shuningdek, harakatdagi temir yo'l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, ro'yxatdan qayta o'tkazish hamda ularga ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma berish tartibini belgilaydi.

Qaror bilan Transport vazirligiga 2024-yil 1-noyabrga qadar harakatdagi temir yo'l tarkibi va infratuzilmasi obyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish axborot tizimini  ishlab chiqish hamda ishga tushirish hamda 2024-yil 1-dekabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda axborot tizimining YAIDXP bilan integratsiya qilinishini hamda tasdiqlangan Ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlari joriy etilishini ta’minlash vazifalari topshirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish