O'zbekistonlik o'quvchilar Dubayda o'tgan Xalqaro kimyo Olimpiadasida 2 ta oltin va 2 ta kumush medalga ega bo'ldi
Iyul 14, 2025. 19:30 • 39 soniya
• 41
TOSHKENT, 14-iyul. /"Dunyo" AA/. Dubayda bo'lib o'tgan 57-Xalqaro kimyo Olimpiadasida (IChO-2025) O'zbekiston maktab o'quvchilari yurtimiz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ma'lumotiga ko'ra, 57-Xalqaro kimyo Olimpiadasida terma jamoamizning barcha a'zolari g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ya'ni O'zbekiston vakillari 2 ta oltin va 2 ta kumush, jami 4 ta medalga ega bo'ldi.
Jumladan, Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi Daler Rahimov va Mirjahon Muhammadov oltin medallarga munosib topildi.
Shu bilan birga, Toshkent viloyati Olmaliq shahri "Buxoro" maktabi o'quvchisi Ibrohim Temurov hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi Biloliddin Zuhriddinov kumush medalga sazovor bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi