Logo

Xalqaro biznes-forumda O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyati namoyish qilindi

Dekabr 18, 2025. 10:12 • 42 soniya

150
Xalqaro biznes-forumda O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyati namoyish qilindi

GUANCHJOU, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. Guanchjou shahrida o‘tkazilgan “Guangzhou SME Go Abroad” xalqaro biznes-forumida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xalqaro savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ushbu forumda Xitoyning 300 dan ortiq kompaniyalari vakillari qatnashdi.

Tadbirda diplomatlarimiz O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari, investitsion jozibadorlik, hududlarning sanoat salohiyati, turizm industriya imkoniyatlari, erkin iqtisodiy zonalardagi imtiyoz va preferensiyalar tizimi haqida maʼlumot berdi.

Forum ishtirokchilari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni yuqori baholadi. Mamlakatimizning mintaqadagi strategik joylashuvi, investorlar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz tadbirkorlik muhiti hamda rivojlangan infrastrukturasi xitoylik kompaniyalar uchun keng imkoniyatlar ochib berayotgani alohida taʼkidlandi.

“Guangzhou CCPIT” raisi o‘rinbosari Chjou Siyaofen bilan o‘tkazilgan muzokaralarda hamkorlikni yanada kengaytirish, mamlakatimizga Xitoy biznes doira vakillarining tashrifini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish