Logo

"O'zbekiston fasllari" nomli qisqa metrajli film AQSHda o'tayotgan nufuzli tanlovning final bosqichiga yo'l oldi

Iyul 03, 2025. 15:04 • 46 soniya

58
"O'zbekiston fasllari" nomli qisqa metrajli film AQSHda o'tayotgan nufuzli tanlovning final bosqichiga yo'l oldi

TOSHKENT, 3-iyul. /"Dunyo" AA/. "O'zbekiston fasllari" nomli qisqa metrajli film "US International Awards" tanlovining final bosqichiga saralab olindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Faxr bilan ma'lum qilamizki, "O'zbekiston fasllari" nomli qisqa metrajli film nufuzli "US International Awards" tanlovining final bosqichiga saralandi, – deb yozdi O'zbekiston TIV matbuot kotibi Axror Burxonov o'zining telegram-kanalida. – Ushbu global tanlov 1967-yildan buyon brend filmlar, korporativ videolar va hujjatli filmlar sohasidagi eng yaxshi asarlarni e'tirof etib keladi.

Bu – to'rt fasldan iborat bo'lgan bir hikoya bo'lib, mamlakatimizdagi turizmning rang-barangligini aks ettiruvchi go'zal bir kontent. O'zbekiston – har bir faslning o'ziga xos go'zalligini taqdim eta oladigan noyob davlatlardan biridir. Har faslda bu yerda mutlaqo boshqa bir joziba hukm suradi. Biz dunyo sayyohlariga O'zbekistonning ijobiy va jozibali qiyofasini namoyish barobarida, fasliy turizm imkoniyatlarini taqdim etmoqdamiz".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish