Rossiya Prezidenti O'zbekistonga yangi elchi tayinladi
Sentabr 05, 2025. 18:15 • 32 soniya
• 333
TOSHKENT, 5-sentabr. /"Dunyo" AA/. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun Aleksey Yerxovni O'zbekistondagi elchi etib tayinlash to'g'risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Rossiyaning Toshkentga tayinlagan yangi elchisi 64 yoshda. U Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan, 1983 yildan buyon diplomatik xizmatda, jumladan, Marokash, Misr, Isroil, Turkiya va Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida turli lavozimlarda ishlagan. Aleksey Yerxov 2017-2025-yillarda Rossiyaning Turkiyadagi elchisi bo'lib faoliyat yuritgan.
Arab, ingliz va fransuz tillarini mukammal biladi.
Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik martabaga ega.
Aleksey Yerxov 2021-2025-yillarda Toshkentdagi elchixonani boshqargan Oleg Malginov o'rniga tayinlandi.
Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi saytidan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Buyuk Britaniya bilan yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston bojxonachilari Jahon bojxona tashkiloti seminarida qatnashdi