Logo

Xitoy kompaniyasi bilan Yangi O'zbekiston Milliy muzeyini qurish bo'yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Avgust 21, 2025. 11:49 • 41 soniya

372
Xitoy kompaniyasi bilan Yangi O'zbekiston Milliy muzeyini qurish bo'yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

PEKIN, 21-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi Raisi Gayane Umerova Pekinda Xitoy davlat qurilish muhandislik korporatsiyasi xalqaro bo'limi (CSCEC) raisi Gao Bo bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi  telegram-kanali ma'lumotiga ko'ra, muloqot chog'ida mashhur yapon me'mori Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilayotgan Yangi O'zbekiston Milliy muzeyi qurilishi bo'yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Loyiha rasman kuchga kirib, mamlakatimizning tarixiy merosi va zamonaviy badiiy qarashlarini uyg'unlashtirgan yangi madaniy ramziga aylanadi.

Tomonlar alohida e'tiborni me'moriy yechimlar sifatiga, mustahkam va chidamli materiallardan foydalanishga hamda ilg'or xalqaro tajribalarni joriy etishga qaratdilar. Hamkorlikdagi sa'y-harakatlar loyiha eng yuqori darajada amalga oshirilishini ta'minlab, uni O'zbekiston va butun Markaziy Osiyoning yetakchi madaniy markazlaridan biriga aylantirishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish