Toshkentda "Inson huquqlari uyi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tadi
Dekabr 01, 2024. 02:03 • 2 daq
• 1072
TOSHKENT, 1-dekabr. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 3 dekabr kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Milliy markazining Axborot-resurs markazi negizida "Inson huquqlari uyi"ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, mazkur yangi ma'rifat maskani davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bunyod etildi.
"Inson huquqlari uyi" mamlakatimizda inson huquqlari bo'yicha faoliyatni kuchaytirishni qo'llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan ixtisoslashtirilgan platforma, ya'ni "inson huquqlari ma'rifati maydoni" hisoblanadi. Bu yerda, jumladan, inson huquqlari bo'yicha xalqaro va milliy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar, sharhlar va tahliliy hisobotlarning zamonaviy kutubxonasi shakllantiriladi.
Ochilish marosimi Milliy markaz tomonidan O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Tadbir 8 dekabr – O'zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va 10-dekabr – Inson huquqlari xalqaro kuni doirasida tashkil etilmoqda.
Taqdimotda faoliyati inson huquqlarini himoya qilish va huquqiy normalarni targ'ib qilish bilan bog'liq bo'lgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari, O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat organlari mutaxassislari, yetakchi ekspertlar, ilm-fan va jamoat arboblari hozir bo'lishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, "Inson huquqlari uyi"ning ochilishi tadbirini mamlakatimizning barcha hududlari markazlaridagi kutubxonachilar onlayn kuzatib borish imkoniga ega bo'ladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi