Dunyodagi eng keksa inson, braziliyalik rohiba Ina Kanabarro Lukas vafot etdi
May 01, 2025. 11:05 • 57 soniya
• 66
TOSHKENT, 1-may. /"Dunyo" AA/. Yer yuzidagi eng keksa inson, braziliyalik rohiba Ina Kanabarro Lukas 30 aprel kuni 116 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

BBC ma'lumotiga ko'ra, Ina Kanabarro Lukas shu yilning yanvar oyida 116 yoshida vafot etgan yaponiyalik Tomiko Itookadan so'ng sayyoramizdagi eng keksa inson maqomini olgan edi.
Amerikaning gerontologik tadqiqotlar guruhi va "LongeviQuest" ma'lumotlar bazasi (dunyodagi eng keksa odamlar reytingi) xabariga ko'ra, Ina Kanabarro Lukasning vafotidan keyin Angliyaning Surrey grafligida istiqomat qiluvchi Etel Keyterem dunyoning eng keksa insoniga aylandi. U o'tgan yilning avgust oyida 115 yoshga to'lgan.
"LongeviQuest" nashri 2018 yilda Ina Kanabarro Lukas 110 yoshga to'lishi munosabati bilan o'tgan hafta 88 yoshida vafot etgan Rim papasi Fransiskdan duo olgani haqida yozdi.
"Marhuma 2021-yil yanvar oyida 112 yoshida koronavirusga qarshi vaksina olgan edi. Biroq, 2022-yil oktyabr oyida u shifoxonada bo'lgan paytida "COVID-19" yuqtirdi. Bir oylik davolanishdan so'ng Ina Kanabarro Lukas sog'ayib ketdi. Shu tariqa, u ushbu kasallikni yengan sayyoramizdagi eng keksa odamlardan biri bo'ldi", – deb yozgan BBC.
"LongeviQuest" ma'lumotlar bazasidan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi