Logo

AQSHda mustaqillikning 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp portreti tushirilgan pasportlar ishlab chiqariladi

Aprel 29, 2026. 14:25 • 2 daq

226
AQSHda mustaqillikning 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp portreti tushirilgan pasportlar ishlab chiqariladi

VASHINGTON, 29-aprel. / “Dunyo” AA/. Oq uy prezident Donald Tramp portreti tushirilgan AQSH pasportlarining cheklangan seriyasini ishlab chiqarish rejalarini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Oq uyning instagramdagi rasmiy sahifasida yozilishicha, yangi hujjatlar iyul oyida bo‘lib o‘tadigan AQSH Mustaqillik deklaratsiyasining 250 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan.

Pasport dizayni Mustaqillik deklaratsiyasi matni va Amerika bayrog‘i bilan o‘ralgan Donald Tramp tasviri, shuningdek, prezidentning oltin rangdagi imzosini o‘z ichiga oladi.

Davlat departamentining aniqlik kiritishicha, hujjat pasport uchun ariza topshirgan barcha AQSH fuqarolari uchun mavjud bo‘ladi, biroq chiqarish soni cheklangan va faqat Vashington pasport agentligi orqali amalga oshiriladi.

Oq uyning taʼkidlashicha, tashabbus mamlakatning 250 yilligini keng nishonlash doirasida yubiley tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash va “milliy g‘urur va vatanparvarlikni mustahkamlash”ga qaratilgan. Qayd etilishicha, yangi pasportlar maʼmuriyatning yubiley bilan bog‘liq qator tashabbuslari, jumladan, sport va madaniy tadbirlarning bir qismi bo‘ladi.

Hozirda standart Amerika pasportlarida Oyga qo‘nish kabi tarixiy voqealar, milliy ramzlar, xususan, Ozodlik haykali tasvirlangan.

Tashabbus maʼmuriyatning davlat loyihalarida Donald Tramp nomi va qiyofasini abadiylashtirish bo‘yicha kengroq amaliyotining bir qismiga aylandi. Avvalroq, AQSH zarbxonasi prezident tasviri tushirilgan esdalik oltin tangasi chiqarilishini eʼlon qilgan. Shuningdek, Amerika banknotlarida uning imzosidan foydalanish rejalashtirilgan.

“AP” agentligi surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish