Toshkentda O‘zbekiston va Kipr tashqi ishlar vazirlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Iyun 06, 2026. 23:00 • 56 soniya

6
Toshkentda O‘zbekiston va Kipr tashqi ishlar vazirlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi
“Dunyo” AA surati

TOSHKENT, 6-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizga tashrif buyurgan Kipr tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan bugun uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Kipr Respublikasi tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan Toshkentda ko‘rishishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston–Kipr munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildik. Savdo va investitsiyalar, transport-logistika, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratdik.

Mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdik”.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish