Jizzax viloyatida hindistonlik hamkorlar bilan 100 dan ortiq turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi
Mart 15, 2024. 11:19 • 50 soniya
• 680
DEHLI, 15-mart. /"Dunyo" AA/. Jizzax viloyatida bunyod etilayotgan "Avantika Shifokor" O'zbekiston-Hindiston qo'shma korxonasida 100 dan ortiq turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Shifokor-82" (O'zbekiston) va "Avantika Medex Pvt. Ltd." (Hindiston) kompaniyalari hamkorligida Zomin tumanida 11,5 gektar maydonda tayyor farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo'shma korxona bunyod etilmoqda.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 30 million AQSh dollari miqdordagi mablag', jumladan, 15 million dollar xorijiy sarmoya yo'naltirilmoqda. Bu yerda tabletka, kapsula, inyeksiya, gel va boshqa shakllardagi dori vositalari ishlab chiqarish o'zlashtiriladi.
"Shifokor-82" va "Avantika Medex Pvt. Ltd." kompaniyalari uzoq yillardan beri hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. O'zbekistonda so'nggi yillarda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti va xalqaro hamkorlik samaradorligi ushbu kompaniyalarni shu paytgacha Hindistondan import qilinayotgan dori vositalarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishga undadi.
Yangi qo'shma korxonada tayyorlanadigan mahsulotlarning 70 foizini tashqi bozorga va 30 foizini ichki bozorga yo'naltirish ko'zda tutilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi