Hindistonda O'zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati taqdim qilindi
May 22, 2024. 07:35 • 2 daq
• 176
PUNA, 22-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi "Global Hindiston biznes forumi" (Global India Business Forum) tashkiloti tomonidan uyushtirilgan Hindiston-Markaziy Osiyo xalqaro investitsiya anjumani doirasida mamlakatimizning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini taqdim etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Elchi Sardor Rustamboyev O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xorijiy davlatlar ishbilarmon doiralari vakillari bilan hamkorlik loyihalari, investitsiyaviy faoliyat yuritish uchun yaratilgan qulay muhit, taqdim etilayotgan imtiyozlar va preferensiyalar, respublikamiz eksport va turizm salohiyati, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan Hindiston kompaniyalarining muvaffaqiyatli tajribasi haqida so'zlab berdi.
Forum ishtirokchilarining alohida e’tibori iqtisodiyotning turli yo'nalishlarida o'zaro manfaatli qo'shma loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun mavjud imkoniyatlarga qaratildi.
Global Hindiston biznes-forumi prezidenti Jitendra Joshi O'zbekiston bilan hamkorlik Hindiston uchun muhim ahamiyatga ega ekanini bildirdi. Ikki tomonlama munosabatlar tobora rivojlanib borayotgani, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun o'zaro qiziqish va qulay sharoitlar mavjudligini ta’kidladi.
Xalqaro forumda Hindiston kompaniyalari vakillari bilan o'zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari, turli sohalar va hududlarga investitsiyalar jalb qilish, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan keng assortimentdagi mahsulotlarning hind bozoriga eksport hajmini ko'paytirishga qaratilgan muzokaralar o'tkazildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi