Logo

Chimkentda O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi

Aprel 26, 2026. 14:30 • 2 daq

36
Chimkentda O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi
Chimkentda O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi
Chimkentda O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi
Chimkentda O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazildi

CHIMKENT, 26-aprel. /“Dunyo” AA/. Olmaota shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari Chimkent shahrida O‘zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabulini tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur qabul Bosh konsullikning 2026-yilga mo‘ljallangan rejasi doirasida o‘tkazildi. Unda Qizilo‘rda, Jambil, Turkiston viloyatlari hamda Chimkent shahrida vaqtincha yoki doimiy yashab kelayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

Qabul davomida vatandoshlarga konsullik xizmatlari ko‘rsatildi. Ular orasida biometrik pasport rasmiylashtirish, O‘zbekistondan hujjatlar talab qilish, vatanga qaytish guvohnomasini olish, fuqarolikdan chiqish, fuqarolikka oid masalalar bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, Chimkent shahrida vaqtincha mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining holidan xabar olish va ularning muammolarini o‘rganish maqsadida bir qator qurilish obyektlariga ham tashrif amalga oshirildi.

Fuqarolarga Bosh konsulxona faoliyati va ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Vatandoshlar bunday sayyor qabullar va mehnat muhojirlari holidan xabar olish tadbirlarini ijobiy baholab, ularni muntazam o‘tkazib turishni taklif qilishdi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish