O'zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Bahrayn kompaniyasi rahbariyati bilan mamlakatimizda kimyo sanoatini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Avgust 21, 2025. 19:11 • 36 soniya
• 597
TOSHKENT, 21-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Munira Aminova kecha Bahraynda "Gulf Petrochemical Industries Company" (GPIC) kompaniyasi rahbarining o'rinbosari Abdulrahmon Al-Mahmud bilan uchrashuv o'tkazdi deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv chog'ida O'zbekiston kimyo sanoatini rivojlantirish milliy dasturi doirasida strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Xorijiy tomon mamlakatning strategik joylashuvi va xom ashyoni chuqur qayta ishlash sohasidagi salohiyatini ta'kidlab, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida agroximyo sohasida hamkorlikni rivojlantirish, GPIC delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifini tayyorlash hamda loyihalarni ishlab chiqish uchun qo'shma ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi