Logo

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi ilmiy va innovatsion sohalarda hamkorlikni mustahkamlamoqda

Dekabr 13, 2025. 16:36 • 2 daq

195
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi ilmiy va innovatsion sohalarda hamkorlikni mustahkamlamoqda

TOSHKENT, 13-dekabr. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universitetida “O‘zbekistonning ilmiy salohiyatini rivojlantirish: Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik kuni” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Yevropa Komissiyasi vakillari, shuningdek mamlakatimizdagi 100 dan ortiq oliy taʼlim muassasalarining rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning “Horizon Europe” dasturi hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi “Erasmus+” loyihalarida ishtirokini yanada kengaytirish, taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Yevrokomissiya vakillari O‘zbekistonda ushbu dasturlarda faol ishtirok etish uchun zarur inson resurslari va ilmiy bazaga ega ekanligini taʼkidladilar.

Tadbir davomida “Erasmus+” dasturi doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlari, talabalar va tadqiqotchilar almashinuvini kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek O‘zbekiston universitetlari va ilmiy tashkilotlarining Yevropa tadqiqot tashabbuslarida ishtirok etishi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Ushbu tashabbuslar Samarqandda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti hamda O‘zbekiston Prezidentining Belgiyaga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi sifatida baholandi. Tomonlar ilmiy va innovatsion hamkorlikni kengaytirish, shuningdek O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi tadqiqot dasturlarida ishtirokini kuchaytirish tarafdorligini tasdiqladilar.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Rakhataliyeva

rakhataliyeva@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish