Logo

O'zbekiston TIV rahbarining o'rinbosari Berlindagi "Sharite" universiteti klinikasi delegatsiyasi bilan tibbiyot xodimlarini Germaniyaga ishga joylashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi

Iyun 11, 2025. 20:39 • 57 soniya

695
O'zbekiston TIV rahbarining o'rinbosari Berlindagi "Sharite" universiteti klinikasi delegatsiyasi bilan tibbiyot xodimlarini Germaniyaga ishga joylashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi

TOSHKENT, 11-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Olimjon Abdullayev Germaniyaning yetakchi tibbiyot muassasasi — Berlin shahridagi "Sharite" universitet klinikasi direktori o'rinbosari doktor Yoaxim Zeybold boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv avvalida O'zbekiston va Germaniya o'rtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xususan, O'zbekistonlik tibbiyot xodimlarini, ayniqsa malakali hamshiralarni Germaniyaga ishga joylashtirish imkoniyatlari, ta'lim va ilmiy almashinuv yo'nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

"Sharite" universitet klinikasi 1710-yilda tashkil etilgan bo'lib, Germaniya va Yevropa miqyosida eng nufuzli tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi. U 4 ta kampus, 100 dan ortiq klinik va ilmiy bo'limlarni qamrab olgan. 18 700 nafar xodim, shu jumladan 5 000 nafar shifokor va tadqiqotchi faoliyat yuritadi. Yiliga 800 000 nafar bemorga xizmat ko'rsatiladi.

"Newsweek" reytingiga ko'ra Yevropa bo'yicha eng yaxshi 10 klinika qatoriga kiradi, Focus Gesundheit nashriga ko'ra esa Germaniyada 1-o'rinni egallab kelmoqda. Shu bilan birga, 60 dan ortiq mamlakat bilan hamkorlik qilmoqda va xorijiy tibbiyot mutaxassislarini jalb qilish bo'yicha katta tajribaga ega.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish