O'zbekiston va Qozog'iston tashqi ishlar vazirlari mintaqaviy hamjihatlik va dolzarb global chaqiriqlarni hal qilishda yakdil yondashuvlarning muhimligini ta'kidladilar
Sentabr 11, 2025. 16:59 • 41 soniya
• 417
TOSHKENT, 11 sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Qozog'iston Bosh vazirining o'rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Qozog'iston Bosh vazirining o'rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu janoblari bilan telefon orqali konstruktiv muloqot o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida erishilayotgan ijobiy natijalarni muhokama qildik. Mintaqaviy hamjihatlik va dolzarb global chaqiriqlarni hal qilishda yakdil yondashuvlarning muhimligini yana bir bor ta'kidladik.
Shuningdek, bo'lajak ikki va ko'p tomonlama tadbirlarga, shu jumladan, mintaqaviy hamkorlik arxitekturasini mustahkamlashga qaratilgan oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rish masalalarini muhokama qildik".
"Dunyo" AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi