Logo

O'zbekiston va Ruminiya diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligini nishonlamoqda

Oktabr 08, 2025. 19:36 • 2 daq

510
O'zbekiston va Ruminiya diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligini nishonlamoqda

TOSHKENT, 8-oktyabr. /"Dunyo" AA/. 2025-yil 6-oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi va Ruminiya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganiga 30 yil to'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, ushbu sana munosabati bilan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Oana Țoiu tabrik maktublari bilan almashdilar.

O'tgan o'ttiz yillik davr mobaynida O'zbekiston va Ruminiya o'rtasidagi munosabatlar siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalarda izchil rivojlanib bordi. Mamlakatlar o'rtasida konstruktiv muloqot yo'lga qo'yilgan bo'lib, o'zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan sheriklik mustahkamlanmoqda.

O'zbekiston Ruminiyani Yevropa Ittifoqi doirasidagi ishonchli hamkor sifatida ko'radi hamda o'zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni faollashtirish va qo'shma loyihalarni rivojlantirishni o'z ichiga olgan ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirishga katta ahamiyat beradi.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to'plangan ijobiy tajriba kelgusida o'zbek-rumin munosabatlarini xalqlarimiz tinchligi, barqarorligi va farovonligi yo'lida yana-da chuqurlashtirish uchun mustahkam asos bo'lib xizmat qilishiga ishonch bildiradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish