Logo

Belgiya O'zbekistonga yangi elchi tayinladi

Mart 28, 2024. 10:35 • 1 daq

737
Belgiya O'zbekistonga yangi elchi tayinladi

TOSHKENT, 28-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Belgiya elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Ostona shahrida) Anri Vantigemdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Belgiyaning O'zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Anri Vantigem janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik, — deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. — Ikki va ko'p tomonlama o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyormiz. O'zbekiston va Belgiya kompaniyalarini yaqin aloqalarni o'rnatishga va ularni jadal rivojlantirishga chaqirib qolamiz. Biz janob Elchiga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Eslatib o'tamiz, Anri Vantimgem elchi Mark Mixelson (qarorgohi Moskva shahrida) o'rniga tayinlandi.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish