Belgiya elchisi O'zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Январ 26, 2024. 18:35 • 58 сония

342
Belgiya elchisi O'zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

TOSHKENT, 26-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Muzaffar Madrahimov kecha mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Belgiya elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Mark Mixelson bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ko'p tomonlama tuzilmalar yo'nalishidagi hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi.

Tashqi ishlar vazirining rahbari o'rinbosari elchining samarali faoliyatini qayd etib, uning O'zbekiston va Belgiya o'rtasidagi o'zaro manfaatli aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirishga qo'shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

Mark Mixelson, o'z navbatida, Belgiya elchisi sifatidagi faoliyati doimiy qo'llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirdi.

Telegram каналига обуна бўлинг

Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!

Каналга ўтиш