O'zbekiston TIV rahbari boshchiligidagi delegatsiya 21-22-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo'ladi
Iyun 21, 2025. 12:52 • 28 soniya
• 73
TOSHKENT, 21 iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 21-22-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo'ladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 21-22-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo'ladi, – deb yozdi O'zbekiston tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanov o'zining telegram kanalida. –Tashrif davomida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasi yig'ilishida ishtirok etish va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazish rejalashtirilgan".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi