O'zbekiston va Pokiston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar
Aprel 24, 2025. 12:00 • 36 soniya
• 951
TOSHKENT, 24-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston TIV rahbari Muhammad Is'hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Pokiston Respublikasi Senatori, Bosh vazir o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muhammad Is'hoq Dar janoblari bilan konstruktiv telefon muloqoti o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Suhbat chog'ida O'zbekiston–Pokiston ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash borasidagi o'zaro sadoqatimiz yana bir bor tasdiqlandi, mintaqaviy bog'liqlik va farovonlikni rivojlantirish yo'llari muhokama qilindi. Muloqotimiz O'zbekiston va Pokiston o'rtasidagi chuqur ishonch va kengayib borayotgan hamkorlikni yaqqol aks ettirdi".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi