Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Qozog‘iston elchisi 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar

Dekabr 18, 2025. 19:57 • 35 soniya

157
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Qozog‘iston elchisi 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar

TOSHKENT, 18-dekabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev bugun Qozog‘iston elchisi Beybut Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar, 2025-yil yakunlari bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik natijalarini sarhisob qildilar va 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

2025-yil 15–16-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga davlat tashrifi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvining muvaffaqiyatli yakunlariga alohida eʼtibor qaratildi.

  “Dunyo” AA olgan surat.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish