Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Hindiston elchisi 2026 yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini muhokama qildirlar

Dekabr 18, 2025. 19:51 • 36 soniya

144
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Hindiston elchisi 2026 yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini muhokama qildirlar

TOSHKENT, 18-dekabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev bugun Hindiston elchisi Smita Pant bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, konstruktiv muloqot davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilib, sheriklik aloqalarini rivojlantirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va ustuvor sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.

Avval erishilgan kelishuvlarning bajarilishi, turli darajalarda o‘zaro tashriflarni tayyorlash, shuningdek kelgusi yilning yanvar oyida Dehlida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish va 2026-yilga mo‘ljallangan, o‘zbek-hind munosabatlarini yana-da mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar rejasini kelishish masalalariga alohida urg‘u berildi.

“Dunyo” AA olgan surat.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish