O'zbekiston tashqi ishlar vaziri va Rossiya elchisi 2023-yil yakunlari hamda 2024-yilga rejalashtirilgan turli darajadagi bo'lajak tadbirlar jadvalini ko'rib chiqdilar

Yanvar 11, 2024. 09:50 • 55 soniya

240
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri va Rossiya elchisi 2023-yil yakunlari hamda 2024-yilga rejalashtirilgan turli darajadagi bo'lajak tadbirlar jadvalini ko'rib chiqdilar

TOSHKENT, 11-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Rossiya elchisi Oleg Malginovni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«Vazirlikda Rossiya Elchisi Oleg Malginov janoblarini qabul qildik, - deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Suhbatimiz kengayib borayotgan O'zbekiston-Rossiya strategik sheriklik kun tartibining bir qancha yo'nalishlarini qamrab oldi. Shuningdek, 2023-yil yakunlari va 2024-yilga rejalashtirilgan turli darajalardagi bo'lajak tadbirlarni ko'rib chiqdik».

"Dunyo" AA arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish