Serbiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Iyun 05, 2026. 20:55 • 2 daq
• 15
BUDAPЕSHT, 5-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi va Migratsiya agentligi ko‘magida Serbiyada og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan vatandosh O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston fuqarosi T.Z. elchixonaning konsullik bo‘limiga murojaat qilib, Serbiyadan vatanga qaytish uchun ko‘mak so‘ragan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan vaziyat Serbiyadagi ish beruvchi tomonidan majburiyatlarning lozim darajada bajarilmasligi, jumladan, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha kelishuvning amalga oshishini ta’minlamagani bilan bog‘liq. Oqibatda, hamyurtimiz moddiy jihatdan qiyin ahvolga tushib qolgan va mustaqil ravishda vataniga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.
Yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda, elchixona tomonidan O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan tezkor aloqa o‘rnatildi. Olib borilgan ishlar natijasida, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan arizachiga bepul aviachipta sotib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasining Novosibirsk viloyatiga tashrifi chog‘ida fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Novosibirsk viloyati va Kuzbassda mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston diplomatlari Polshaning Lyubin va Krakov shaharlarida vatandoshlar bilan uchrashdi

