Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, Hamdardlik kitobiga ta'ziya so'zlarini yozib qoldirdi

Mart 24, 2024. 14:45 • 28 soniya

119
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, Hamdardlik kitobiga ta'ziya so'zlarini yozib qoldirdi

TOSHKENT, 24-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, Hamdardlik kitobiga ta'ziya so'zlarini yozib qoldirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV telegram kanali ma'lumotiga ko'ra, tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi va 22-mart kuni Moskvadagi "Crocus City Hall" majmuasida sodir etilgan mudhish terakt munosabati bilan ochilgan Hamdardlik kitobiga ta'ziya so'zlarini yozib qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, Rossiyada 24-mart motam kuni deb e'lon qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish