Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Gretsiyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi

Aprel 29, 2025. 15:31 • 45 soniya

917
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Gretsiyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi

TOSHKENT, 29-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Gretsiyaning mamlakatimizga yangi tayinlangan elchisi Paraskevi Sevelekni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Gretsiyaning O'zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Paraskevi Sevelek xonimlaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Toshkent shahrida Gretsiya Elchixonasining ochilishini olqishlaymiz va bu qadam mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi, deb ishonamiz. Uchrashuv davomida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, madaniy va ta'lim sohalarida hamkorliklarni kengaytirishni muhokama qildik. Hurmatli Elchi xonimga O'zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tilaymiz".


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Gretsiya o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 16-martda o'rnatilgan. Yangi tayinlangan elchi Paraskevi Sevelek 2021-yildan buyon Gretsiyaning O'zbekistondagi diplomatik missiyaga rahbarlik qilib kelgan Yekaterini Nassika o'rniga tayinlandi.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish