O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Gruziya Bosh vaziri bilan uchrashdi
Iyul 08, 2025. 22:10 • 40 soniya
• 563
TOSHKENT, 8-iyul. /"Dunyo" AA/. Tbilisida rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Gruziya Hukumati rahbari Irakliy Kobaxidze bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Janobi Oliylari bilan uchrashishdan va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini yetkazishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston va Gruziya o'zaro hamkorlikda misli ko'rilmagan sur'atlarni namoyon etmoqda. Oliy va yuqori darajadagi muntazam uchrashuvlar, qo'shma tashabbuslarni amalga oshirish va aloqalarning yangi yo'nalishlarini izlashga bo'lgan umumiy intilish sezilarli natijalar bermoqda.
Yaqin kelajakdagi kun tartibimiz aniq maqsadlarga yo'naltirilgan va katta istiqbollarni o'zida mujassam etgan. Kelgusi yillarda bu ijobiy dinamikani yana-da mustahkamlab boramiz".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi