Logo

O'zbekiston va Germaniya o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik muhokama etildi

Noyabr 17, 2025. 20:52 • 52 soniya

157
O'zbekiston va Germaniya o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik muhokama etildi

TOSHKENT, 17-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniyaning O'zbekistondagi elchisi Manfred Huterer bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, ko'p tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlash, 2026-yilga mo'ljallangan qo'shma tadbirlar rejalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo'nalishlari bo'yicha o'zaro aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish