O'zbekiston va Latviya o'rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Noyabr 17, 2025. 20:12 • 56 soniya
• 127
TOSHKENT, 17-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Muzaffar Madrahimov Latviyaning O'zbekistondagi elchisi Girts Yaunzems bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muloqot davomida siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar yo'nalishlarda O'zbekiston–Latviya hamkorligining joriy holati va istiqbollari ko'rib chiqildi, 2026-yilga mo'ljallangan rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida TIVning tegishli bo'linmalari o'rtasida siyosiy va konsullik masalalari bo'yicha maslahatlashuv, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Qo'shma hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig'ilishi hamda xalqaro avtomobil tashuvlari bo'yicha Qo'shma komissiya majlisini o'tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi