O'zbekiston va Turkiya o'rtasidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Noyabr 17, 2025. 20:57 • 2 daq
• 251
TOSHKENT, 17-noyabr. /"Dunyo" AA/. Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Muzaffar Madrahimov va Turkiyaning O'zbekistondagi elchisi Ufuk Ulutash o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda joriy yilda ikki va ko'p tomonlama hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar, o'zaro tashriflar hamda kelgusi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ta'lim, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildi. Oliy va yuqori darajada o'tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, o'zaro hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish, keng qamrovli strategik sheriklikni mustahkamlashda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishning muhim ahamiyati haqida so'z yuritildi.
Uchrashuv davomida xalqaro tashkilotlar doirasida o'zaro qo'llab-quvvatlash va hamkorlikni kuchaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi