O'zbekiston TIV rahbarining birinchi o'rinbosari va BAA elchisi mamlakatimiz fuqarolarining Amirliklarga kirishi bilan bog'liq mavjud holatni qisqa muddatlarda hal etish bo'yicha kelishib oldilar
Dekabr 03, 2024. 09:12 • 2 daq
• 199
TOSHKENT, 3-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Baxromjon A'loyev kecha Birlashgan Arab Amirliklari elchisi Said Matar al-Qamziyni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tomonlar so'nggi kunlarda O'zbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishlarida kuzatilayotgan qiyinchiliklar bilan bog'liq vaziyat bo'yicha fikr almashdi.
Mavjud holatni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qilish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar ko'rishga kelishib olindi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi