O'zbekiston TIV rahbarining birinchi o'rinbosari va Eron tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Tehronda bo'lib o'tgan muzokaralar chog'ida siyosiy muloqot masalalariga alohida e'tibor qaratdilar
May 13, 2025. 09:27 • 32 soniya
• 831
TOSHKENT, 13-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev Tehron shahrida Eron tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Sayid Rasul Mohajer bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar chog'ida O'zbekiston-Eron hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar, shuningdek, transport va logistika sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Bo'lajak qo'shma tadbirlar, xususan, ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o'rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o'tkazish yuzasidan fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi