Logo

28-apreldan 6-mayga qadar "Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhi insonparvarlik missiyasi bilan Qoraqalpog'istonga tashrif buyuradi

Aprel 17, 2025. 19:59 • 35 soniya

897
28-apreldan 6-mayga qadar "Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhi insonparvarlik missiyasi bilan Qoraqalpog'istonga tashrif buyuradi

TOSHKENT, 17-aprel. /"Dunyo" AA/. 15-aprel kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Al-Kuvayt shahrida "Shayx Abdulla an-Nuriy" xayriya tashkiloti menejeri Abdullatif az Zafiriy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, tomonlar 2025-yil 28-apreldan 6-mayga qadar Qoraqalpog'istonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan "Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhining (HOPE) insonparvarlik missiyasiga tayyorgarlikni muhokama qildilar.


Shuningdek, O'zbekistondagi istiqbolli loyihalar, jumladan, Toshkent shahrida yetim bolalar uchun maktab yoki qariyalar shifoxonasi qurish, zarur ijtimoiy infratuzilmaga ega "kichik qishloq" namunasini yaratish masalalari muhokama qilindi.


Abdullatif az Zafiriy ikki davlat o'rtasida ijtimoiy loyihalar sohasida faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish