O'zbekiston va Kanada maxsus vakillari Afg'oniston milliy iqtisodiyotini tiklash masalalari, shuningdek, mazkur mamlakatni mintaqaviy o'zaro bog'liqlik jarayoniga jalb etish istiqbollarini muhokama qildilar
May 29, 2024. 19:05 • 41 soniya
• 205
TOSHKENT, 29-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Kanadaning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Devid Uilyam Sproul bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida Afg'oniston yo'nalishidagi O'zbekiston-Kanada munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, mamlakatda mustahkam tinchlik hamda barqarorlik o'rnatishga ko'maklashish masalalari muhokama qilindi.
Devid Uilyam Sproul Afg'oniston bo'yicha yaxlit mintaqaviy pozitsiyani ishlab chiqish, ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o'rnatish, shuningdek, afg'on xalqiga gumanitar yordam ko'rsatish borasidagi O'zbekiston sa'y-harakatlarini yuqori baholadi.
Afg'oniston milliy iqtisodiyotini tiklash masalalari, shuningdek, mazkur mamlakatni mintaqaviy o'zaro bog'liqlik jarayoniga jalb etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi