Logo

O'zbekiston Prezidentining maxsus vakili AQShning Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlar markazi professori bilan uchrashdi

Iyun 27, 2025. 20:02 • 39 soniya

534
O'zbekiston Prezidentining maxsus vakili AQShning Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlar markazi professori bilan uchrashdi

TOSHKENT, 27-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Markaziy va Janubiy Osiyoda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo'yicha xalqaro seminar doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan AQShning Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo strategik tadqiqotlar markazi professori Hasan Abbos bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida Afg'onistondagi mavjud vaziyat, mintaqaviy barqarorlik va tahliliy sohadagi istiqbolli hamkorlik yo'nalishlari muhokama qilindi.

Yuzaga kelayotgan muammolarni samarali tahlil qilish va ularga qo'shma yechimlar ishlab chiqish maqsadida tajriba almashish muhimligi ta'kidlandi.

Uchrashuv yakunida mintaqadagi vaziyatning rivojlanish dinamikasini chuqurroq anglash uchun muloqotni davom ettirish va qo'shma tadbirlar tashkil etishga kelishildi.

"Dunyo" AA olgan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish