Logo

O'zbekiston Prezidentining va YIning maxsus vakillari afg'on muammosini tartibga solish va xalqaro sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalasida BMTning yetakchi o'rni muhimligini ta'kidladilar

Dekabr 14, 2023. 09:14 • 41 soniya

186
O'zbekiston Prezidentining va YIning maxsus vakillari afg'on muammosini tartibga solish va xalqaro sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalasida BMTning yetakchi o'rni muhimligini ta'kidladilar

TOSHKENT, 14-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Afg'oniston bo'yicha maxsus elchisi Tomas Niklasson bilan 12-dekabr kuni videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, suhbat chog'ida O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi ko'p tomonlama hamkorlikning keng ko'lamli masalalari, xususan, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, jumladan, Afg'onistondagi joriy vaziyat muhokama qilindi.

Afg'on muammosini tartibga solish va xalqaro sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalasida BMTning yetakchi o'rni muhimligi ta'kidlandi.

Tomonlar Afg'onistonning yangi hukumatiga nisbatan jahon hamjamiyatining yaxlit yondashuvini ishlab chiqmasdan turib, o'tkir ijtimoiy-gumanitar inqirozni bartaraf etish, shuningdek, mamlakatda mustahkam tinchlik va barqarorlik o'rnatilishiga hissa qo'shib bo'lmasligini qayd etdilar.

Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish