Nyu-York shahrida O'zbekiston va Portugaliya o'rtasida Iqtisodiy hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolandi
Sentabr 24, 2024. 16:20 • 30 soniya
• 114
TOSHKENT, 24-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Portugaliya davlat vaziri va tashqi ishlar vaziri Paulo Ranjel bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Portugaliya Davlat vaziri va tashqi ishlar vaziri Paulo Ranjel janoblari bilan birgalikda O'zbekiston va Portugaliya o'rtasida Iqtisodiy hamkorlik to'g'risidagi Bitimni imzoladik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Ushbu hujjat savdo va investitsiyaviy hamkorlikni sezilarli darajada mustahkamlashga yordam beradi. Uchrashuvimiz davomida ikki tomonlama va global kun tartibidagi qator mavzularni ham muhokama qildik".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi