Logo

Daniyaning O'zbekistondagi yangi elchisi o'z vazifasini bajarishga kirishdi

May 16, 2024. 16:59 • 50 soniya

571
Daniyaning O'zbekistondagi yangi elchisi o'z vazifasini bajarishga kirishdi

TOSHKENT, 16-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Daniyaning yangi elchisi etib tayinlangan Yakob Xenningsenni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Tashqi ishlar vazirligida ishonch yorliqlarini topshirish uchun mamlakatimizga kelgan Daniyaning O'zbekistondagi Elchisi Yakob Xenningsen janoblarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Uchrashuvimiz davomida O'zbekiston-Daniya ikki tomonlama munosabatlarining hozirgi holatini muhokama qildik va kelgusi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini belgilab oldik. Janob Elchiga aloqalarimizni mustahkamlashdagi maqsadlariga erishishda muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Daniya o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 25-yanvarda o'rnatilgan. E'tiborlisi, Daniya O'zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o'rnatgan birinchi Yevropa davlati hisoblanadi.

Mamlakatimizga tayinlangan yangi elchi 52 yoshda. Tajribali diplomat Daniya Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati va xorijdagi qator elchixonalarida turli lavozimlarda ishlagan. 2022-yildan beri u Daniyaning Rossiya, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi (qarorgohi Moskva shahrida) elchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish