Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari va Gruziya elchisi bo'lajak qo'shma tadbirlar jadvalini muhokama qildilar

Iyul 05, 2025. 14:40 • 22 soniya

625
O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari va Gruziya elchisi bo'lajak qo'shma tadbirlar jadvalini muhokama qildilar

TOSHKENT, 5-iyul. /"Dunyo AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Bobur Usmanov kecha Gruziya elchisi David Kotariya bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, tomonlar O'zbekiston-Gruziya munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar rejalashtirilgan qo'shma tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashildi.

"Dunyo" AA olgan surat

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish