O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Xitoyning Sichuan provinsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashdi
Mart 28, 2024. 19:26 • 30 soniya
• 114
TOSHKENT, 28-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bobur Usmanov Xitoy Xalq Respublikasi Sichuan provinsiyasi gubernatori o'rinbosari Szou Yunsyan bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV xabariga ko'ra, muzokaralar chog'ida O'zbekistonning Xitoy, xususan, Sichuan provinsiyasi bilan hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Hududlararo aloqalarni chuqurlashtirish hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, ta'lim va boshqa sohalardagi hamkorlik uchun mavjud salmoqli salohiyatdan foydalanish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.
Avtomobilsozlik, "yashil" energiya va "aqlli" qishloq xo'jaligi sohalarida qo'shma loyihalarni amalga oshirishdan o'zaro manfaatdorlik bildirildi.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi