Logo

"Eurasia Magazine": YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasiga Samarqandning mezbonlik qilishi Oʻzbekiston uchun katta ishonchdir

Oktabr 20, 2025. 10:22 • 2 daq

86
"Eurasia Magazine": YUNESKO Bosh konferensiyasi sessiyasiga Samarqandning mezbonlik qilishi Oʻzbekiston uchun katta ishonchdir

BUDAPESHT, 22-oktabr. /"Dunyo" AA/. Vengriyaning "Eurasia Magazine" jurnalida Oʻzbekiston va YUNESKO hamkorligiga bagʻishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda ta'kidlanishicha, Oʻzbekiston xalqaro turizmning muhim yoʻnalishi sifatida oʻzini tobora faol namoyon etmoqda. Boy madaniy meros va noyob tabiiy landshaftlar uygʻunligi sayohatchilar uchun mamlakatni Buyuk ipak yoʻlining chinakam xazinasi oʻlaroq taqdim etayapti.

"Bugungi kunda mamlakat hududida joylashgan yettita obyekt, shu jumladan uchta transchegaraviy obyekt YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Ularning har biri turistik marshrutlarni rivojlantirishda, xorijiy mehmonlar oqimini oshirishga koʻmaklashishda hamda biznes, mehmonxona sektori, xizmat koʻrsatish sohasi va transport infratuzilmasi uchun yangi imkoniyatlar ochishda asosiy rol oʻynaydi", – deyilgan maqolada.

Ta'kidlanishicha, turizm shunchaki xizmat koʻrsatish sohasi emas, balki Oʻzbekistonning ochiq, zamonaviy va jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatidagi imijini mustahkamlash uchun strategik resursga aylanmoqda.

"Oʻzbekistonda Barqaror turizmni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Tabiiy obyektlarning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilishi noyob ekotizimlarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish zarurligini ta'kidlaydi, madaniy yodgorliklar esa tarixiy merosni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish muhimligini eslatadi.

Shu munosabat bilan, 2025-yilda Samarqand YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilishi alohida ramziy ma'noga ega. Shuningdek, Bosh konferensiyaga Samarqandning mezbonlik qilishi Oʻzbekiston uchun katta ishonchdir. "Bu keng koʻlamli tadbir 40-yil ichida birinchi marta Fransiya poytaxtidan tashqarida boʻlib oʻtadi. Forum dunyoning deyarli ikki yuzga yaqin davlatidan delegatlarni bir joyga jamlaydi va Oʻzbekiston turizm salohiyatini namoyish etish uchun noyob imkoniyat yaratadi", – deb yozilgan "Eurasia Magazine" maqolasi oxirida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish