Logo

Varshavada Samarqandda bo'lib o'tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi

Oktabr 07, 2025. 09:54 • 2 daq

145
Varshavada Samarqandda bo'lib o'tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi

VARSHAVA, 13-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Samarqandda bo'lib o'tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyaga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davra suhbatida mamlakatimiz elchisi Amirsaid A'zamxo'jayev so'zga chiqib, YUNESKO Bosh konferensiyasining birinchi marta Parijdan tashqarida Samarqandda o'tkazilayotganining tarixiy ahamiyati haqida to'xtaldi. Samarqand, Buxoro va Andijon kabi shaharlarimiz, shuningdek, Imom Buxoriy, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari bu merosi butun insoniyatning ma'naviy boyligi sifatida tan olingani, bu esa O'zbekistonning o'tmish va kelajak o'rtasidagi ko'prik sifatidagi rolidan dalolat berishi qayd etildi.

Polsha Madaniyat va milliy meros vazirligi davlat kotibi Bojena Jelyazovska ta'kidiga ko'ra, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlar, shuningdek, o'zbek milliy amaliy san'ati va madaniy an'analari O'zbekistonni jahon miqyosida madaniy markazia aylantirmoqda. "Ushbu boy tarix va faol madaniy diplomatiya tufayli YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqandda o'tkazish to'g'risidagi qaror qabul qilindi. Tadbir mamlakatning Sharq va G'arbni bog'lovchi madaniy ko'prik sifatidagi mavqeini yana-da mustahkamlaydi", dedi u.

Muhokamalar, bildirilgan fikrlar, shuningdek, qo'llab-quvvatlangan tashabbuslar yaqinlashib kelayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi nafaqat mamlakatimiz, balki butun jahon hamjamiyati uchun ham katta ahamiyatga ega bo'lishini yaqqol tasdiqladi.

Yozef Zalevskiy, Varshava Osiyo va Tinch okeani muzeyi direktori:

– Samarqand ajoyib, tarixiy joy va biz bu yil ushbu qadim kentda YUNESKO Bosh konferensiyasi o'tkazilayotganidan xursandmiz.

O'zbekiston elchixonasida bo'lib o'tgan davra suhbatida esa mamlakatingiz bilan madaniyat, turizm va iqtisodiy aloqalar kabi turli sohalardagi hamkorligimizni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildik.

Varshava Osiyo va Tinch okeani muzeyi O'zbekiston elchixonasi bilan mustahkam aloqalarni qo'llab-quvvatlaydi. O'zbekiston madaniyatining insoniyat tarixidagi ulkan rolini ta'kidlashga qaratilgan bir qator tadbirlarni birgalikda o'tkazishni rejalashtiryapmiz.

 

 

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish