"Q8 Press": Samarqandda o'tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasi O'zbekistonning jahon turizm industriyasidagi o'rnini mustahkamlashga ulkan hissa qo'shadi
Oktabr 13, 2025. 19:08 • 2 daq
• 66
AL-KUVAYT, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Q8 Press" elektron portalida "O'zbekiston va YUNESKO o'rtasidagi hamkorlik turizm uchun yangi ufqlarni ochadi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Maqolada O'zbekiston jahon turizm xaritasida muhim sayyohlik yo'nalishi sifatida tobora rivojlanib borayotgani, mamlakatning boy madaniy merosi va betakror tabiiy landshaftlari xorijiy sayohatchilarni tobora ko'proq o'ziga jalb etayotgani haqida so'z boradi."O'zbekiston uchun YUNESKO bilan hamkorlik alohida ahamiyatga ega. Tarixiy inshootlar va arxeologik obyektlarning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilishi ularni jahon miqyosida targ'ib qilish, sayyohlar orasida qiziqish uyg'otish hamda O'zbekistonning jahon turizm industriyasidagi o'rnini mustahkamlashda ulkan hissa qo'shadi", – deb yozilgan materialda.
Nashrda ma'lum qilinganidek, O'zbekistondagi 7 ta obyekt, jumladan, uchta transchegaraviy obyekt YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan. Ushbu obyektlarning har biri sayyohlik marshrutlarini ishlab chiqishda muhim rol o'ynaydi, xorijiy tashrif buyuruvchilar oqimining ko'payishiga hissa qo'shadi hamda biznes, mehmondo'stlik sektori, xizmat ko'rsatish sohasi va transport infratuzilmasi uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Kuvayt OAV yozganidek, 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga Samarqand shahri mezbonlik qilishi alohida ramziy ahamiyatga ega. Ushbu yirik tadbir 40 yil ichida birinchi marta Fransiya poytaxti tashqarisida o'tkaziladi.Forum 200 ga yaqin davlatdan delegatlarni jamlaydi va O'zbekistonning sayyohlik salohiyatini namoyish etish uchun o'ziga xos platforma bo'ladi.
Maqola intihosida ta'kidlanganidek, "O'zbekiston uchun ushbu tadbir jahon sayyohlik markazi va sivilizatsiyalar chorrahasi sifatidagi mavqeini mustahkamlash, sanoat rivojlanishi va xalqaro hamkorlik uchun yangi ufqlarni ochishda muhim qadamdir".
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o'z ishini rasman yakunladi