Xorvatiya Samarqandda bo'lib o'tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining qator tashabbuslarni qo'llab-quvvatladi
Noyabr 03, 2025. 14:39 • 34 soniya
• 99
ZAGREB, 4-noyabr. /"Dunyo" AA/. Xorvatiya madaniyat va media vaziri Nina Obulen Korjinek YUNESKO tashabbuslarini qo'llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xorvatiyaning "Večernji list" va "Index.hr" elektron nashrlari, shuningdek, "HRT" radio va televideniyesi ma'lumotlariga ko'ra, Xorvatiya vaziri yalpi majlisda YUNESKOning barcha dasturiy yo'nalishlari, jumladan, ta'lim, fan, madaniyat va axborot texnologiyalarining ustuvor yo'nalishlari haqida ma'ruza qilgan.
Vazir YUNESKO ko'magida amalga oshirilayotgan madaniy merosni muhofaza qilish va yosh avlodni bu borada tarbiyalashga qaratilgan loyihalarni yuqori baholadi.
Qolaversa, u Xorvatiya ta'lim, madaniyat va so'z erkinligini rivojlantirishga qaratilgan YUNESKO dasturlarini kelgusida ham faol qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o'z ishini rasman yakunladi