Logo

Konelasi Vilayfon: Biz birgalikda butun dunyo uchun muhim va mos yechimlarni topishimiz kerak

Oktabr 29, 2025. 16:03 • 51 soniya

172
Konelasi Vilayfon: Biz birgalikda butun dunyo uchun muhim va mos yechimlarni topishimiz kerak

SAMARQAND, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Samarqandda bo'lib o'tgan YUNESKOning XIV Yoshlar forumining laoslik ishtirokchisi Konelasi Vilayfon "Dunyo" AA uchun intervyusida mazkur anjuman haqidagi fikrlarini bildirdi:

– Men, butun dunyo bo'ylab yoshlar bilan uchrashish va aloqalar o'rnatish juda muhim deb hisoblayman. Biz o'zgarishlar davrida yashayapmiz. Ayniqsa, iqlim o'zgarishi va barqaror rivojlanish kabi masalalarda qarashlarni o'zgartirish muhim deb, hisoblayman.

Samarqand – o'zining boy tarixi va madaniyati bilan menga juda yoqadi. O'zbek xalqi juda mehribon, men, ular bilan muloqotdan zavqlanyapman.

Forumdagi eng muhim mavzularga kelsak, bu men uchun haqiqatan ham katta ahamiyatga ega, chunki dunyodagi ko'plab mamlakatlar hozirda iqlim bilan bog'liq muammolarga, jumladan global isish, turli kasalliklar va o'rmon yong'inlariga duch kelmoqda. Aynan shuning uchun iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish ustuvor vazifa bo'lishi kerak. Bu hal qilinishi kerak bo'lgan masala va biz birgalikda ishlashimiz, bir-birimizga yordam berishimiz va bu qiyinchiliklarni birgalikda yengib o'tishimiz uchun muhim va mos yechimlarni izlashimiz kerak.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish