Logo

Kseniya Lanes: YUNESKOning XIV Yoshlar forumining Samarqandda o'tkazilishi nafaqat muhim xalqaro voqea, balki, O'zbekiston uchun o'zini jahon maydonida namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir

Oktabr 29, 2025. 14:39 • 2 daq

116
Kseniya Lanes: YUNESKOning XIV Yoshlar forumining Samarqandda o'tkazilishi nafaqat muhim xalqaro voqea, balki, O'zbekiston uchun o'zini jahon maydonida namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir

SAMARQAND, 29-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Samarqandda o'tayotgan YUNESKOning XIV Yoshlar forumida ishtirok etayotgan Belarus Kseniya Lanes "Dunyo" AA uchun intervyusida mazkur anjumanning ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi:

– YUNESKO Yoshlar forumining ahamiyati juda yuqori, chunki u butun dunyodan – turli mamlakatlar, mintaqalar va kasbiy sohalardan yosh mutaxassislarni birlashtirdi. Aynan mana shu xilma-xillik forumni muloqot va g'oyalar almashish uchun muhim platformaga aylantirdi.

Ma'lumki, forum ikki yilda bir marta o'tkaziladi va BMTning Barqaror rivojlanish kun tartibidagi asosiy mavzularni aks ettiradi. Bu yil e'tibor markazida – ekologya kun tartibi, ta'lim masalalari, kelajak texnologiyalari va madaniyatlararo hamkorlik kabi mavzular bo'ldi. Texnik innovatsiyalardan tortib, iqlim o'zgarishlari va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi yo'nalishlar muhokama qilinmoqda.

Forumni o'ziga xosligi, aynan, ishtirokchilarning turli kasbiy tajribasidir. Masalan, netvorking sessiyalaridan birida biz zamburug'larni va ularning iqlimga ta'sirini o'rganayotgan qiz bilan tanishdik. U zamburug'larning muayyan turlari organik moddalarning parchalanishini tezlashtirishga, tabiatning tiklanishiga yordam berishini aytib berdi. Bu hayratlanarli – dunyoda hamma narsa qanchalik o'zaro bog'liq!

Boshqa bir ishtirokchi – sanoat sohasini taqdim etuvchi kimyogar – ishlab chiqarishni yana-da ekologik qilish mumkinligi haqidagi g'oyalari bilan o'rtoqlashdi.

Avvaliga, forum va YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Parijda emas, balki Samarqandda o'tkazilishini bilib, hayron qoldim – chunki YUNESKO tadbirlari doima Parij bo'lib o'tgan. Lekin, bu yerga kelganimdan xursandman. Samarqand – bu hayratlanarli shahar: qadimiy, chiroyli, noyob me'morchilikka va aqlbovar qilmas darajada mazali taomlarga ega.

Bu yerda ajoyib muhit hukmron, shuningdek, odamlari xotirjam, samimiy va juda mehmondo'st. O'ylaymanki, barcha ishtirokchilar bu yerdan unitilmas taassurotlar bilan qaytadi.

Men, MDH makonini taqdim etaman va O'zbekiston haqida avval ham bilardim. Ammo, ko'plab yangi do'stlarim uchun, masalan, Monakodan kelganlar uchun, bu haqiqiy kashfiyot bo'ldi. Ular avval mamlakat haqida deyarli hech narsa bilishmaganini, endi esa uning madaniyati va odamlari haqida yorqin taassurotlarni o'zlari bilan olib ketishlarini tan olishdi.

Shuning uchun forumning aynan Samarqandda o'tkazilishi – nafaqat muhim xalqaro voqea, balki O'zbekiston uchun o'zini jahon maydonida namoyon etish, o'z mehmondo'stligi va boy madaniy merosini ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish